Maktab bola uchun eng qiziq va eng kelishni xohlaydigan maskan bo'lsagina, ilm bo'ladi. Chunki ilm bu qiziqish va o'rganish jarayoni. Bola esa qiziqsagina o'rganadi. Maktab bolalarni nafaqat natija uchun harakat qildirishi, balki ularga o'z qiziqishlarini topishda yordam berishi kerak.
Aynan shuning uchun, biz Rahimov School loyihasini boshladik. Bu maktab O'zbekistondagi boshqa maktablardan tubdan farq qiladi.
Loyihadan maqsad farzandingizni faqat natijaga erishish uchun harakat qildirib qolmay, unga o'zining kuchli tomonlarini topib, maqsadlariga erishishga ko'makchi bo'lishdir. Farzandingiz maktabga shunday bog'lansinki, hattoki jazolamoqchi bo'lganingizda “bolam, bugun maktabga bormaysan” deb jazolang ;)
Maktabda bolaning o'zining mehnati kamlik qiladi. Ota-onalar ham baravar mehnat qilishlari, ta'lim nima, bola bilan qanday ishlanadi, uyga vazifasi qanday qilinadi va ota-onaning ta'limdagi vazifasi nimaligini bilishlari kerak.
Shu sababdan, biz ushbu sahifa orqali biz ota-onalarga ta'lim haqida, ya'ni bolalar bilan ishlash, pedagogika, to'gri namuna bo'la olish, bolalar bilan to'g'ri munosabat qurish, o'qituvchi va maktab tanlash haqida ma'lumot berib boramiz.
Rahimov School