Bлог

Davlat maktabi yoki xususiy maktab?

Avvalambor, maktab emas, balki o'qituvchi tanlagan ma'qul. Chunki ta'lim o'qituvchi va o'quvchi munosabatlari ustiga quriladi.

Ta’limda 5ta pedagogik metod bor bo’ladigan bo’lsa, bu metodikaning hammasi o’qituvchi atrofida aylanadi. Bino yoki kollektivning atrofida emas, balki bitta o’qituvchining. Ayniqsa, 1-sinfdan 4-sinfgacha bo'lgan boshlang’ich sinflarda eng muhim hal qiluvchi omil bu o’qituvchidir.
Shuning uchun ham, davlat maktabimi, xususiy maktabmi, sizning farzandingizni kim o’qitadi? O’qituvchi kim? Uni tanib, qancha yillik tajribasi bor? Nima metodikalarni biladi? Qaysi kitoblarni tugatgan? Nechta sinf chiqargan? Aynan shularni so’rab, o’quvchilari kimligini bilib, ana undan keyin farzandingizni o’sha o’qituvchiga olib borib bergan yaxshi.
Agar shunaqa yaxshi o’qituvchini yoki o’zingizning ko’nglingiz to’lgan o’qituvchini davlat maktabida topa olsangiz, davlat maktabi ham 4-sinfgacha muhim vazifa bajaradi va kuchli fundament qo'yib beradi. Lekin xususiy maktablar o’qituvchilarga yuqori oylik berganligi va ularga yaxshiroq sharoit yaratib berganligi, ularni o’z ustida ishlashga ko’proq pul tikkanligi uchun yaxshi o’qituvchilarning konsentratsiyasi xususiy maktablarda ko’proq bo’ladi.
Biroq u yerda ham yomon o’qituvchilar yoki bolaning kelajagini to’sib qo’yadigan, ta’limdan mehrini kamaytirib qo’yadigan o’qituvchilar yo’q deganimas. Shuning uchun ham maktab tanlashnimas, avvalo o’qituvchi tanlashni maslahat beramiz.

Rahimov School
Made on
Tilda