все

O'quvchilarimiz o'z sohasida zo'r bo'lsin

Metyu Sayd'ning "Black box thinking" kitobida ajoyib bir fakt keladi. 2004-yilgacha fizika olamida 15 mingdan ortiq tadqiqotlar o'tkazilgan, yangiliklar kiritilgan. Adron kollayderi, teleskoplar, koinotga chiqayotgan raketalar, bularning hammasi fizika olamidagi o'zgarishlar hisoblanadi.

Ta'lim sohasida bo'lgan yangiliklar, eksperimentlar, o'zgarishlar soni 100 taga ham yetmagan. Oxiri 100 yillikda biz ta'lim tizimida 100 ta ham yangilik qilmadik. Bolalar o'sha partada o'tirishibdi, o'sha-o'sha o'qituvchilar gapirishmoqda, bolalar eshitishyapdi, faqatgina doskalarimiz elektronga aylandi, parta, stullarimiz yumshoq, qulayroq bo'ldi, sham o'rniga chiroq yoqyapmiz. Lekin ta'lim tizimi 100 yildan beri o'sha-o'sha.

Buni o'zgartirish vaqti keldi. Endi 20 ta o'quvchini o'tkazib qo'yib, bir xil material berib, bir xil natija kutadigan payt emas. Biz industrializatsiya zamonida yashamayapmiz. Endi biz har bitta bola o'zini maksimal talantini ochadigan paytda yashayapmiz. Chunki o'zini maksimal talantiga erishgandagina bola maza qilib o'qiydi, eng zo'r natijaga erishadi. Eng zo'r natijaga erishgandan so'ng yana motivatsiya paydo bo'ladi, yaxshi pul topadi, baxtli bo'ladi, o'zini jamiyatga berayotgan foydasini ko'radi. Aynan shu bizning maqsadimiz!

Maktabimizda har bir bola universal bo'lib, hamma sohada zo'r bo'lib chiqmasin, balki o'zini sohasida zo'r bo'lib chiqsin. Qolgan sohalarni boshlang'ich darajada bilsin, uyat bo'lmaydigan darajada bilsin va o'zini sohasida zo'r bo'lsin.

Rahimov School
Made on
Tilda