все

Maktab o'quvchini universitetga tayyorlashi kerakmi?

Maktabni zo'r bitirgan bola universitetga aniq kira oladigan bo'lishi kerakmi? O'zi umuman maktabning maqsadi maktabga tayyorlab berishmi?
2016-2017-yilgacha ko'rgan bo'lsangiz, atrofimizda universitetni bitirgan, diplomli mutaxassislar kam edi. Natijada diplomi bor odam ishga joylashish imkoniyati yuqori bo'lar edi. 2018-yildan keyin xususiy universitetlarga ruhsat bemalol holatga kelganidan so'ng, bu yilni o'zida O'zbekistonda 45 ta universitet ochildi. Endi universitetga kirish oson.
Aslida universitetga kirish butun dunyoda oson bo'lgan. O'zbekistonda esa yaqin besh yilda yana ham osonlashdi. Bilamiz-ki, narsaning soni ko'paysa, qadri tushib boradi. Buning nomini "Inflatsiya" deb atashadi.
Yaqinda biz "Diplom Inflatsiya"siga uchraymiz. Maktab o'quvchilarni universitetga tayyorlab berishi yetarli emas. Maktab hayotga tayyorlab berishi kerak. Chunki universitetni o'zi ham endi bolani yetarli muvaffaqqiyat qozonishiga yetarli emas. Maktab bolani diplomga yoki imtihonga tayyorlashi kerak emas balki endi uni ijtimoiylashuviga, do'stlari bilan muammolarni tez hal qila oladigan, maqsadni qo'yib, unga erishadigan va eng muhimi qaysi sohada ketishini aniq biladigan bo'lib chiqishiga sabab bo'lishi darkor.
Rahimov School'da biz aynan shu tomonlarga e'tibor qaratamiz. Ya'ni bola maqsad qo'ya olsin, unga yetish usullarini bilsin, o'zini kuchli tarafini bilsin, tarbiyali bo'lsin va istalgan universitetini olib, tanlab unga kira oladigan bo'lsin.
Rahimov School
Made on
Tilda